Xolbekova Shohista kumush medal sohibasi!
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari ilm-fan bilan birga sport sohasida ham munosib ishtirok etib, yurtimiz sha’nini yuksaltirmoqdalar.
2026-yil 21–25-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi” Respublika musobaqasida universitetimiz filologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi Xolbekova Shohista Karate WKF turi bo‘yicha ishtirok etdi. Qizg‘in va keskin bahslarga to‘la musobaqada Shohista o‘zining kuchli irodasi, mashaqqatli mashg‘ulotlarda erishgan mahorati va ustozining bergan bilimlari tufayli barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuqda talabaning shaxsiy mehnati bilan birgalikda uning bosh murabbiyi, universitetimizning bosh murabbiyi Roziya Alimboyevaning ham katta hissasi bor. Ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy hamkorlik, doimiy qo‘llab-quvvatlash va tinimsiz mashg‘ulotlar natijasida erishilgan bu natija nafaqat Shohista uchun, balki butun universitet jamoasi uchun katta g‘urur va motivatsiya manbaiga aylandi.
Universitetimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar nomidan Xolbekova Shohista va uning murabbiyi Roziya Alimboyevani samimiy tabriklaymiz! Bu muvaffaqiyat yoshlarimizning nafaqat o‘quv jarayonida, balki sport va jismoniy tarbiya yo‘nalishida ham yuqori natijalarga erishish mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Biz talabalarimizning har tomonlama yetuk, bilimdon va sportchi bo‘lib ulg‘ayishini istaymiz. Xolbekova Shohistaning erishgan yutug‘i boshqa talaba-yoshlar uchun ham yorqin o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.

