Yangiliklar

img
Wed, 05/17/2023 - 16:03

Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali tomonidan  “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” mavzusidagi seminar tashkil etildi. 
Seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad
 oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini ta’minlashdan iboratdir. Xususan, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida tushunchalar berish, ularda davlat xizmatiga qiziqishini oshirish va ishga jalb qilish, davlat boshqaruvi tizimida o‘tkazilayotgan ma’muriy islohotlar haqida xabardor qilish bo'yicha ko'plab savollarga javob berildi. Davlat tashkilotlariga ishga kirishda vacancy.argos.uz platformasi orqali ochiq tanlovlar o‘tkazish, onlayn malaka oshirish tizimidan foydalanish tartibi hamda davlat xizmati sohasidagi xorijiy tajribalar bilan tanishtirish orqali bitiruvchilarni mehnat bozoridagi sog'lom raqobatga tayyorlash ko'zlangan. Oliy ta'lim qamrovi yildan-yilga ortib borar ekan bu o'z navbatida bitiruvchilarning ish bilan ta'minlanishi jarayonini elektronlashtirishni talab etadi. Oliy ma'lumotli mutaxassisla soni ortib borishi esa katta raqobat muhitini paydo qiladi. O'z o'rnida ish beruvchilar mustahkam bilimga ega, yuqori malakali kadrlarni ishga olishni istaydi. Tobora bitiruvchilar malakasi va bilimi oliy ta'lim muassasasi nufuzini belgilovchi muhim  indikatorga aylanib borayotganining asl sababi ham shunda. Qaysiki OTMda puxta bilim berilsa, tayyorlangan mutaxassislar raqobatbardosh bo'lsa, o'z-o'zidan ish beruvchilar shu ta'lim muasassasining bitiruvchilarini jalb qilishga intiladi. Mehnat bozorining rivojlanishi esa barcha sohalarda o'sishni ta'minlovchi omildir.