Yangiliklar

img
Wed, 01/12/2022 - 12:33

Xalqaro toifadagi trener seminari bo'lib o 'tdi

2022-yil 11-yanvar kuni  Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti  Amaliy filologiya,  Oʻzbek tili va adabiyotini   oʻqitish  fakulteti professor-oʻqituvchilari  xalqaro toifadagi  trener Alisher Rustamovning  “OTM professor-oʻqituvchilarini biznez  bilan bogʻliq faoliyatga yoʻnaltirish”   mavzusidagi treningda qatnashdilar. Alisher  Rustamov amaliy seminar-treningda   biznes faoliyatini  yoʻlga qoʻyish uchun nimalarga eʼtibor berish zarurligi, aynan qaysi sohalarda qanday biznes loyihalarni amalga oshirish mumkinligi haqida juda qimmatli maslahatlarni berdi. OTM professor-oʻqituvchilari oʻz ilmiy, pedagogik, maʼrifiy-maʼnaviy faoliyatini qay tarzda biznesga uygʻunlashtirish borasida A.Rustamovga koʻplab savollar berishdi, oʻzlari ham bu borada yangi gʻoyalarini bildirib, biznes-reja tuzish masallari boʻyicha trener bilan maslahatlashib olishdi.   Seminar-trening doʻstona, samimiy interaktiv tarzda  tashkil etildi.