Yangiliklar

img
Wed, 01/12/2022 - 12:57

Xalqaro tajriba bo'yicha seminar-trening

Joriy yilning 12-yanvar kuni soat 11:00da ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi tomonidan  “Zamonaviy ta’lim mazmuni. Muammolar va yechimlar” nomli seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Mirzayevaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Arkanzas, Michigan hamda Kastol Karolina  universitetlarida olgan tajribalari asosida bo‘lib o‘tdi.
Unda bugungi milliy ta’limdagi mavjud muammolar, ularni isloh qilish yo‘llari, o‘qituvchilar malaka oshirish tizimining xalqaro strategiyalari AQSH va O‘zbekiston OTMlari misolida tahlil qilindi.
Shuningdek seminarda fan dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, o'quv rejani yangi fanlar bilan boyitish, pedagogik texnologiyalarni shaklga emas, mazmunga qaratish masalalari ham o‘rtaga tashlandi.
Seminarda universitetning  70 dan ortiq professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.