Yangiliklar

img
Wed, 02/28/2024 - 19:05

Xalqaro seminarda Bobur ijodiga doir ilmiy ma'ruzalar tinglandi

2024-yil 28-fevralda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminarning navbatdagisi bo'lib o'tdi. Bu galgi seminarda f.f.d., professor Iqboloy Adizova "Boburning lirik mahorati", f.f.d., professor Zulxumor Xolmanova "Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga xos iboralar talqini” mavzularida ma'ruza qildilar. Ushbu ma'ruzalarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, lirik merosi, so‘z qo‘llash mahorati, lirik janrlarda qo‘llangan she’riy san’atlar haqida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Bobur ijodi, asarlarini o‘rganishda til xususiyatlariga ham alohida e’tibor qaratish lozimligi aytildi. Xususan, Bobur asarlarida qo‘llangan iboralar chuqur tahlilga tortildi. Uning asarlarida qo‘llangan iboralardan misollar keltrilib, turli vaziyatlarda qo‘llanganini ta’kidlab o‘tdi. Mavzu yuzasidan ma'ruzachilarga f.f.d., professor Baxtiyor Abdushukurov, f.f.d., professor Uzoq Jo'raqulov, f.f.n., dotsent Abdumurod Tilavov, f.f.n., dotsent Akrom Dehqonov, f.f.f.d., dotsent Komiljon Hamroyevlar savollar berishdi va o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar qatnashdi. Ushbu seminarda qatnashish istagini bildirganlar soni kundan-kun ortib borayotgani bois, endilikda uni ZOOM platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati ham yaratildi. 
Qizg'in bahs-munozara tarzida o'tgan seminar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.