Yangiliklar

img
Fri, 10/04/2024 - 23:45

Xalqaro maydondagi ishonchli odimlar

Yevropa Ittifoqining ta'lim, o'qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo'llab-quvvatlash dasturi Erasmus+ va Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar tarmog‘ini markazlashtirilgan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (SPHERE) tashabbusi bilan joriy yilning 3-4 oktabr kunlari Belgiyaning Gent universitetida xalqaro o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.   Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar guruhining maxsus o'quv dasturi "Inklyuziv xalqarolashtirish: ezgu niyatdan ijobiy natijalargacha" deb nomlandi. O'quv mashg'ulotida O'zbekiston bo'yicha maxsus ekspert, universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova ham ishtirok etmoqda.
Ushbu o'quv tashrifi universitetlarni xalqarolashtirish, ularga o'z ilmiy sohalari doirasida xorijiy OTMlar bilan samarali  hamkorlik o'rnatishlarig ko'maklashishni maqsad qilgan.  Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlarning inklyuziv xalqarolashtirish boʻyicha oʻquv tashrifi ikki oliy taʼlim muassasasi - Gent universiteti va Artevelde amaliy fanlar universitetida o'tkazildi. Unda Inklyuziv oliy taʼlimni qoʻllab-quvvatlash markazi (SIHO) institutsional amaliyot xodimlari hamda mavzu bo'yicha katta tajribaga ega boshqa muhim ishtirokchilar va tashkilotlar vakillari o'z fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.  Bundan tashqari, tashrif mobaynida Flandriya oliy ta'lim tizimida qanday qilib inklyuziv xalqarolashtirish mavzusini strategik rejalash va hal qilish haqida ko'plab tushunchalar berildi. Yevropa oliy taʼlim hududi (EHEA) boʻylab davlat organlari va oliy taʼlim muassasalarini ijtimoiy oʻlchov boʻyicha EHEA tamoyillari va yoʻriqnomalarini amalga oshirish uchun qoʻllab-quvvatlovchi “Inclusivehighereducation.eu” loyihasining natijalarini haqida ma'lumot berildi.

  

Ma'lumki, so'nggi yillarda xalqarolashtirish deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarining asosiy missiyasiga aylandi.  Yevropada birlik, balki boshqa siyosiy va yumshoq kuchlar ham  oliy ta'limni xalqarolashtirishni  qo'llab-quvvatlaydi va bunga yetarlicha  muhim motivlar mavjud. Shuningdek, akademik maqsadlar ham xalqarolashtirishni taqazo etmoqda, jumladan,  xalqarolashtirish rivojlanish uchun vosita sifatida ko'riladi, shuningdek, OTM sifati va uning ko'rsatkichi ko'p jihatdan shunga bog'liq. Xalqarolashish talabalar uchun qisqa muddatli  o'z tajribasini oshirish, ta'limda qo'shimcha ko'nikmalarga ega bo'lish uchun muhim imkoniyatlarberadi, bu nafaqat ularning ta'limda, balki shaxsiy hayoti va faol fuqaro bo'lish qobiliyati uchun ham muhimdir. Qolaversa, Yevropa Ittifoqi keng ko‘lamli faoliyat bo‘yicha intensiv almashinuv va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda oliy ta’lim muassasalarining yirik transmilliy konsorsiumlarini qo‘llab-quvvatlovchi Yevropa universitetlari tashabbusini ilgari suradi. ToshDO'TAUning xalqaro maydonda o'z nufuziga ega bo'lishi, yuqori sifatdagi ta'lim va ilmiy faoliyatni qo'llab-quvvatlashida uning aynan xalqarolashish siyosati muhim ahamiyatga egadir. Xususan, OTMlarda imklyuziv ta’limni qoʻllab-quvvatlash, barchaning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish muhim sanaladi. Professor Nozliya Normurodova Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarning sifati va koʻlami haqida ma’lumot berdi. Xorijlik hamkorlar bilan birgalikda inklyuziv ta’limni xalqarolashtirish boʻyicha takliflarini ilgari surdi.

  

Tashrif davomida Nozliya Normurodova Gent universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki OTM oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish masalasi muhokama qilindi.