Xalqaro ilmiy muloqot va hamkorlik sari yangi qadam
2026-yil 20-oktabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Turkiya, Ozarbayjon va Qozoğistondan taşrif buyurgan bir guruh olimlar iştirokida uçraşuv taşkil etildi. Universitetning Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi tomonidan taşkil etilgan muloqotda psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va siyosatşunoslik sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar iştirok etdilar.
Uçraşuvda Turkiya, Ozarbayjon va Qozoğistonning yetakçi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari vakillari, jumladan, Turkiy akademiya eksperti, Üsküdar universiteti sotsiologiya kafedrasi mudiri, professor Ebulfez Süleymanli, Izmir Demokratiya universiteti vakillari Yilmaz Orhun Gürlük, Barış Çağırkan va Kadir Demir, Boku davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori Rafail Musa öğli Hasanov, şu universitet dotsenti Kamala Qahramonova, L. N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti dotsenti Nurlan Oralbayeviç Baygabilov, Hacettepe universiteti professori Aylin Görgün Baran, Boku Tederis markazi rahbari Ravşanbay Abdulhasanov hamda Iqtisodiy islohotlar tahlili va kommunikatsiya markazi Turkiy dunyo tadqiqotlari markazi rahbari Ilyas Guseynov qatnaşdilar.
Muloqot davomida universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan mavjud hamkorlik aloqalarini amaliy jihatdan rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar imzolangan hamkorlik şartnomalari va memorandumlar ijrosini ta’minlaş, ilmiy aloqalarni mustahkamlaş hamda hamkorlikni yangi taşabbuslar bilan boyitiş muhimligini ta’kidladilar.
Şuningdek, kelgusida qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, psixologiya va sotsiologiya yönalişlarida xalqaro ilmiy anjumanlar taşkil etiş, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilar örtasidagi akademik hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuv talabalar bilan oçiq muloqot şaklida ham davom etdi. Xorijiy olimlar universitetga taşrif davomida olgan taassurotlari bilan örtoqlaşib, talabalarning savollariga javob berdilar. Muloqot yoşlarning ijtimoiy fanlarga bölgan qiziqişini oşiriş, xalqaro ilmiy tajriba bilan tanişiş va xorijiy olimlar bilan bevosita fikr almaşiş uçun imkoniyat yaratdi.
Turkiy davlatlar olimlarining universitetda bir davrada jam bölişi ToşDÖTAUning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari kengayib borayotganini körsatadi. Bunday uçraşuvlar universitetda til va adabiyot bilan bir qatorda, psixologiya va sotsiologiya yönalişlarida ham ilmiy izlanişlar, akademik muloqot va xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.

