
Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti delegatsiyasi joriy yil boshida Turkiya davlatiga rasmiy safar qilgan edi. Ushbu tashrif mobaynida Turkiyaning Bosfor universiteti bilan ham hamkorlik bitimi imzolagan boʻlib, bugun mazkur universitet rektori, doktor Naji Inji O'zbekistonga tashrif buyurdi. Universitetimiz prorektorlari bilan bòlib òtgan uchrashuvda hamkorlikning keyingi bosqichlarida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan masalalar bo‘yicha kelishib olindi. Xususan, Bosfor universiteti bilan bahorgi semestr davomida qaysi yo'nalishlarda ta'lim oluvchi talabalarning akademik almashinuvini tashkil etish, qanday yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlar ochish va ilmiy salohiyatni oshirish borasida aniq maqsadli faoliyat yuritish bo‘yicha rejalar tuzildi.