Yangiliklar

img
Thu, 03/31/2022 - 14:03

"Xalqaro Frankofoniya kuni"ga marhabo!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida joriy yilning 31-mart kuni Xorijiy tillar kafedrasi fransuz tili professor-o'qituvchilari  tomonidan tashkil etilgan "Xalqaro Frankofoniya kuni"ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

    

Kechani Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Bahodir Xoliqov ochib berdi. Qatnashchilar bayramni qiziqarli faktlarga asoslangani uchun oʻzgacha qiziqish bilan tomosha qildi. Boshlovchilar tomonidan juda ajoyib shartlar tashkillashtirilib, davrada haqiqiy "Frankofoniya muhiti" yaratildi.

 

Bayram shukuhi barchaning kayfiyatini aʼlo darajaga koʻtardi. 

  

Qiziqarli shartlar davomida koʻplab talabalarga sovgʻalar topshirildi.

 

 Faol talabalar tomonidan oʻzbek va fransuz raqslari ijro qilindi. Fransuzcha sheʼrlar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

 Tadbir yakunida barcha faol qatnashchilarga tashakkurnomalar berildi.

Maʼlumot uchun, mazkur tadbir 1970-yil 20-mart kuni Niamey konvensiyasi imzolanishi munosabati bilan 1988-yil 20-martdan boshlab bayram sifatida keng nishonlanadi. Xalqaro Frankofoniya kuni (Journée internationale de la Francophonie) La Frankofoniya xalqaro tashkilotiga a'zo  77 ta davlatda har yili 20-mart kuni tantanali tarzda boʻlib oʻtadi.  Yer yuzida 369 milliondan ortiq fransuz tilida so'zlashuvchilar mavjud. Fransuz tili o'zining romantik ohangi sabab muhabbat va go'zallik tili deya e'tirof etiladi. Xulosa qilib aytganda: 
La vie est belle!!!