Yangiliklar

img
Fri, 04/28/2023 - 11:38

Xalqaro e'tirof yo'lida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “AYREG – akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Times Higher Education”, “QS”, “Webometrics” kabi dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari rahbarlari, Kanada, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Xitoy, Singapur, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarining rektorlari, ekspertlardan iborat jami 100 nafarga yaqin qatnashchi ishtirok etdi. Xabaringiz  bor, O'zbekistonning xalqaro reytinglardan o'rin olgan sanoqli OTMlari orasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ham bor.  "AYREG" forumida universitetimiz vakillari ham faol ishtirok etib, xalqaro reytinglarda munosib natijaga erishish uchun zarur bo'lgan strategik masalalar bo'yicha muhim savollarga javob oldilar. 


Kecha bo'lib o'tgan tadbir  O‘zbekiston yetakchi oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlardan joy olishi hamda xalqaro reyting tashkilotlarining rahbarlari va ekspertlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga xizmat qiladi. 
Ma’lumot uchun xalqaro reytinglar bo‘yicha ekspertlar guruhi (AYREG) – akademik reytinglarini joriy etuvchi xalqaro va mahalliy tashkilotlar hamda dunyodagi ilg‘or universitetlarni birlashtiruvchi uyushma. “AYREG Akademik reytinglar” konferensiyasi sohadagi yetakchi ekspertlar ishtirokida 2002-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Shtab-kvartirasi Varshava shahrida (Polsha) joylashgan.