
Xalqaro aloqalar tarmog'imiz kengaymoqda
Universitetimizning Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova, xalqaro aloqalar bo'limi boshliqlari: Madina Isamuhammedova, Ozoda Gulyamova, Zuhra Hakimovalar hamda Shokarim davlat universitetining Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Orazaliyeva Araylim, Xalqaro aloqalar fakulteti dekani, xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i, PhD Aleksandr Koychubayev hamda Turkiy tillarni o'qitish kafedrasi o'qituvchilari o'rtasida online uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki tomon bir nechta sohalar bo'yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
- akadem mobillik;
- ikki oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari hammualliflikda xalqaro indekslangan Scopus, Veb of Science tarmoqlarida maqolalar chop etish;
- Erasmus+ xalqaro loyihasi doirasida keng va samarali aloqalarni yo'lga qo'yish;
- qo'shma magistrlik dasturlarini ishlab chiqish va faoliyatini tashkil etish;
- Ikki hamkor OTM o'rtasida o'zbek tili va adabiyotini o'qitish hamda Kompyuter lingvistikasi sohasidagi mutaxassislarning doimiy aloqada bo'lishlari uchun sharoit yaratish.
Uchrashuv yakunida tez orada universitetlarning O'zbek tili va adabiyoti hamda Kompyuter lingvistikasi mutaxassislarining uchrashuvi tashkil etilishiga kelishib olindi.