Yangiliklar

img
Fri, 02/18/2022 - 17:49

Xalqaro aloqalar ofisi va Times Higher Education vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 18-fevral kuni ToshDO'TAU Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova, Xalqaro aloqalar bo'limi xodimlari va Times Higher Education xalqaro reytingining mintaqaviy direktori Lachin Italmazova bilan Zoom platformasida onlayn-uchrashuv bo'lib o'tdi.                                     
Uchrashuvda Times Higher Education Young Universities xalqaro reytingining metodologiyasi va talablari haqida gapirildi.  Bundan tashqari, Oʼzbekiston oliy ta'lim muassasalari tahliliy natijalari koʼrib chiqildi va Xalqaro reyting boʼlimi xodimlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.  
Lachin Italmazova The Impact Rankings reytingi uchun zarur bo'lgan umumiy talablar va barqaror rivojlanish maqsadlarining tahliliy platformasi haqida batafsil tushuntirish berdi. 
Shu o'rinda ToshDO‘TAUning xalqaro reytinglarda o'rin egallashi uchun istiqbol rejalar belgilab olindi. Jumladan, Scopus, Web of Science singari ilmiy bazalarda, yuqori impakt faktorli ilmiy nashrlarda professor-o‘qituvchilar ishtirokini oshirish, xorijlik hamkorlar bilan hammualliflikdagi ilmiy ishlar soni va sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq strategik masalalar belgilab olindi.