Yangiliklar

img
Thu, 05/11/2023 - 18:18

“WorldEdu 2023” xalqaro koʻrgazmasi bo'lib o'tdi

Samarqand shahridagi "SofExpo" ko'rgazmalar majmuasida "WorldEdu 2023" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya, Qozog‘iston, Yevropa, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan 200 dan oshiq universitetlar qatnashdi. Mazkur ko'rgazma pavilyonida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti burchagi eng gavjum bo'ldi deyish mumkin. Iqtidorli, ijodkor yoshlar qiziqish bildirgan bizning ko'rgazmada asosan universitetimizda yaratilgan imkoniyatlar, pedagogik jamoa va talabalarning muvaffaqiyatlari, bir so'z bilan aytganda, universitet haqida ko'plab ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari ko'rgazma universitetimiz vakillariga Osiyo va Yevropa universitetlari bilan almashinuv dasturlari sonini koʻpaytirish, akademik aloqalarni yaxshilash va yangi hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻyish imkonini ham erdi.