Yangiliklar

img
Wed, 04/09/2025 - 18:38

Volleybolchi qizlarimizdan g'alaba

Bugun, 8-aprel kuni Toshkent shahridagi "Jar" sport majmuasida shahar voleybol klublari o‘rtasida musobaqa o‘z startini oldi. Mazkur musobaqada universitetimizning qizlar terma jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3-aprel kuni universitetimiz voleybol klubi bilan O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli memorandum imzolangan edi. Ushbu memorandum musobaqalarda faol ishtirok etish, sportchilar salohiyatini oshirish va voleybolni ommalashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Universitetimiz jamoasiga ushbu musobaqada omad va zafarlar tilaymiz!