Yangiliklar

img
Fri, 05/26/2023 - 15:27

Volleybol musobaqasi tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, universitetimiz talablari va xodimlari o'rtasida rektor kubogi musobaqalari o'tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning 25-may kuni xodimlar o'rtasida (erkaklar jamoalari) volleybol bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Fakultetlar, rahbariyatning turli tuzilmalaridan tashkil topgan 6 ta jamoa o'zaro bellashdi. Murosasiz o'tgan bahslar yakuniga ko'ra birinchi o'rin bosh hisobchi Jonibek Aminov boshchiligidagi "Buxgalteriya" jamoasiga, ikkinchi o'rin f.f.d., professor Baxtiyor Abdushukurov boshchiligidagi O'zbek filologiyasi fakulteti jamoasiga, uchinchi o'rin esa rahbariyat vakillaridan iborat "Vatanparvar" jamoasiga nasib etdi. G'oliblar qimmatbaho sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlandi. 
Musobaqada faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirib qolamiz.