Yangiliklar

img
Thu, 06/01/2023 - 15:22

Volleybol bo'yicha ayollar musobaqasi o'tkazildi

Universitetimiz 7 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Rektor kubogi" sport musobaqalari yakunlandi. So'nggi o'yin volleybol sport turi bo‘yicha ayollar o'rtasida o'tkazildi. Musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etdi. Murosasiz bellashuvlardan so'ng 1-o‘rinni O‘zbek filologiyasi jamoasi egalladi va "Rektor kubogi" sohibi bo‘ldi. 2-o‘rin O‘zbek tili fakulteti jamoasiga hamda 3-o‘rin Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti jamoasiga nasib etdi. G‘oliblar universitet Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan diplom va qimmat baho sovg‘alar bilan taqdirlandi.