Yangiliklar

img
Tue, 10/24/2023 - 16:42

Vengriyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik o'rnatildi

24-oktabr kuni universitetimizga Vengriyaning dunyoga mashhur Karoli Gashpar universiteti rektori professor Lazlo Trochani boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov qarshi oldi. Suhbat avvalida har ikki OTM rahbarlari o'z universitetlari tarixi, missiyasi va rejalari haqida gapirdi. Shundan so'ng delegatsiya tarkibida kelgan Karoli Gashpar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti, Qadimgi tarix va yondosh fanlar kafedrasi professori Miklos Sarkozi Sharq tarixini o'rganishda O'zbekiston bilan aloqalar juda muhimligini, o'zbek adabiyoti, madaniyati chuqur ildizlariga egaligini qayd etdi. 
Muzokaralar davomida hamkorlikda Erasmus dasturi doirasida loyihalar tayyorlash, talabalarning akademik alamashinuvini tashkil etish, professor-o'qituvchilarning malaka oshirishini qo'llab-quvvatlash bo'yicha takliflar ma'qullandi. Shuningdek, Karoli Gaspar universitetida o'zbek tili va madaniyati markazini ochish bo'yicha ham takliflar tayyorlashga kelishildi. 
Bundan tashqari Sotsiologiya va psixologiya bo'yicha hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, ilmiy seminarlar tashkil etish, mutaxassislarning qisqa muddatli stajirovkasini yo'lga qo'yish bo'yicha ham aniq rejalar tuzib olindi. Shundan so'ng tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Qayd etish joizki, Karoli Gashpar universiteti Yevropaning eng qadimgi bilim dargohlaridan biridir. U 1993-yilda tashkil etilgan boʻlsa-da, unga 1839-yilda asos solingan. Hozirda bu universitetda 9 mingga yaqin talaba tahsil oladi.