Yangiliklar

img
Fri, 01/12/2024 - 19:53

Vatan himoyachilari - yurtning tayanchi

Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go‘shadan, insonning kindik qoni to‘kilgan xonadon tuprog‘idan boshlanadi.Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg‘ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo‘lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, ham qarzdir.  Shu ma'noda 14-yanvar mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim tadbir - Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 12-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham "Vatan himoyachilari - yurtning tayanchi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 
Tadbirda universitet pedagogik jamoasi, talabalari ishtirok etdi. So'z olganlar vatan himoyasi faqat sarhadlarda yurtni qo'rishgina emas,  balki uni sevish, uning ertasiga o'zini daxldor sanash, yosh avlod ta'limi va tarbiyasiga befarq bo'lmaslik hamdir. Shu ma'noda bu bayram barchaniki, har bir vatanparvar hamyurtimiznikidir.

  

Tadbir davomida taniqli xonandalar, teatr aktyorlarining chiqishlari barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.