Yangiliklar

img
Tue, 10/04/2022 - 13:32

Ustozlarga ehtirom

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti kasaba uyushmasi tashabbusi bilan universitet pedagoglari va barcha xodimlari uchun bayram tashkil etildi. Tadbirni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi. Dastlab yosh va iqtidorli olimlarimizga falsafa doktori (PhD) diplomlari, ustozlarimizdan bir guruhiga ilmiy unvonlar diplomlari tantanali  topshirildi. 
Shundan so'ng o'zining fidoyiligi, faolligi va tashabbuskorligi bilan jamoada hurmat qozongan bir guruh ustozlar universitet tomonidan taqdirlandi. 


Bayram tadbirida Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar boʼlinmasi Kengashi vakillari Ibragimov Marat Zaripovich, Kilichov Umid Sheraliyevichlar ham ishtirok etib, jamoamizning vakillariga esdalik sovg'alarini topshirdi. 


Bayramona dasturxon atrofida yig'ilib, qizg'in suhbatlar qurgan, go'zal tabriklar va diltortar kuy-qoshiqlardan bahramand bo'lgan universitetimiz vakillari go'zal bayram dasturi uchun tashkilotchilarga minnatdorchili izhor etishdi.