Wed, 10/12/2022 - 19:26
Ustozlar har ishda ilg‘or
12-oktabr kuni universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan shaxmat va shashka bo‘yicha o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda shaxmat bo‘yicha birinchi o‘rin R.Mengziyayevga, ikkinchi o‘rin A. Eshnazarovga , uchinchi o‘rin O. Safarovga nasib etdi. Ayollar o‘rtasida shashka bo‘yicha birinchi o‘rinni F.Maqsudova, ikkinchi o‘rinni G.Jo‘rayeva, uchinchi o‘rini A. Toshpulatova egalladi. M.Vahobova "Eng faol ishtirokchi" nominatsiyasiga loyiq topildi. Hakamlar R.Alimboyeva, R.Umirzoqova va J.Xudoyberdiyevlar musobaqalarni adolatli boshqardilar.
Barcha g‘oliblar endi universitetimiz sha'nini shahar bosqichida himoya qiladilar.


