Yangiliklar

img
Wed, 11/02/2022 - 11:43

Usmon Nosir ijodiy merosi

Joriy yilning 2-noyabr kuni O'zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi tashabbusi bilan “Zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojida Usmon Nosir ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati” 
mavzusida Respublika konferensiyasi o'tkazildi. 
Konferensiyada yurtimizning taniqli adabiyotshunos olimlari, ijodkorlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi. 
Shoir Usmon Nosirning qisqa, ammo o'ta sermahsul umri davomida yaratgan o'tli asarlari yosh ijodkorlar uchun namuna, tadqiqoqtchilar uchun bitmas-tuganmas xazinadir. 


Bugungi konferensiyaning yalpi majlisida so'z olganlar Usmon Nosir ijodi haqida koi'plab yangi ma'lumotlarni bayon etdilar, tadqiqoqtlari asosida yozilgan tezislarni o'qib eshittirdilar.
Konferensiya an'anaviy va oflayn shaklda o'tkazildi.