Yangiliklar

img
Wed, 05/10/2023 - 20:39

Universitetimizning xorijlik olimi Xorazmda bo'lib qaytdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi  PQ-338-son qaroriga asosan 2023-yil 28-29 aprel kunlari Xiva shahrida "Beruniy va Ibn Sino – ikkinchi ming yillikning taqdirini o‘zgartirgan daholar: Ma’mun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan o‘rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiyada universitetimizning xorijlik professori Azizullah Arral ishtirok etdi. Konferensiyada Azizullah Arral tomonidan o‘sha davr madaniyati, dunyo ilm-u fani, sivilizatsiyaga katta hissa qo‘shgan allomalar faoliyati, ularning asarlari, o‘sha davr tarixiy obidalari, ularning sharqddagi boshqa me’moriy obidalardan farqli tomonlari haqida ma’ruza o‘qildi. Ma’ruzada Beruniyning 1050-yilligi munosabati bilan  buyuk mutafakkirning hayoti va faoliyati, “Dorul-hikma” (Ma’mun ibn Ma’mun asos solgan) akademiyadagi 1004-yildan 1017-yilgacha bo‘lgan serqirra faoliyati, yaratgan  ilmiy asarlari, allomaning 1017-yildan 1048-yilgacha bo‘lgan davrda yashagan G‘azna shahri, o‘sha davrdagi muhit to‘g‘risida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Xorazm safari davomida olim Urganch davlat universitetida ham mehmon bo'ldi.  Azizulloh Aral UrDU Filologiya fakultetida tashkil etilgan "Fakultet tarixi" muzeyi bilan yaqindan tanishdi. Muzeyga tashrif davomida fakultetning boy tarixi, faxriy ustozlar faoliyatiga oid ma'lumotlar, shuningdek, fakultetda amalga oshirilayotgan ma'naviy-madaniy tadbirlar va tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalarning yutuqlari, ilmiy-amaliy anjumanlar aks etgan materiallarning guvohi boʻlib, muzeyning "Esdaliklar kitobi"ga o'z tilak va istaklarini yozib qoldirdi.


Bundan tashqari Azizullah Arral xorazmlik yoshlar bilan uchrashib, ular orasida filologiya sohasiga qiziquvchi, iqtidorlilarni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida tahsil olishga chaqirdi.