Yangiliklar

img
Fri, 11/17/2023 - 14:07

Universitetimizga tajribali turkiyalik mutaxassislar taklif etiladi

2023-yilning 16-noyabr kuni universitetimizda Turkiyaning Gʻozi universiteti professori, shu universitet huzuridagi fond rahbari Enis Aksut mehmon boʻldi. Mehmon bilan universitetimiz rektori Sh.Sirojiddinov, xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor N.Normurodova hamda tajribali pedagog-psixolog B.Turayevlar suhbatlashdi. 
Mehmon ToshDOʻTAUning ta’lim yoʻnalishlari soni ortib borayotganini ijobiy baholab, ta’lim sifatini oshirishda xalqaro hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlarni olqishladi. Oʻz navbatida Turkiya respublikasi OTMlari bilan strategik sheriklik natija berayotganidan mamnun boʻldi. 
Suhbat davomida tarjimashunoslik, turkologiya, kompyuter lingvistikasi va boshqa yoʻnalishlarda tajribali turkiyalik mutaxassislarni bosqichma-bosqich Oʻzbekistonga taklif etish, ularning ma’ruza va mahorat darslarini tashkil etish va buni tizimli yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

  

Xususan, psixologlar tayyorlashga moʻljallangan eng noyob va zaruriy kitoblarni turk tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish birlamchi vazifa sifatida belgilab olindi.