
Universitetimizga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Otaxon Matyoqubov tashrif buyurdi
2022-yilning 30-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetiga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, ustoz baxshi OTAXON MATYOQUBOV va shogirdlari tashrif buyurishdi.
Tadbirda Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Butun umrini milliy musiqa sanʼati rivojiga va yoshlarga ilm oʻrgatishga baxshida qilgan ustoz sanʼatkor Otaxon Matyoqubov talabalarga “Oshiq gʻarib va Shohsanam” dostonini kuylab berdi.
Dostonlar ijrosi tadbir qatnashchilarini o’ziga rom etdi. Jarayon davomida o’zbek dostonlarining durdonalaridan parchalar kuylandi.
Talabalar uchun dostonchilik anʼanalarini bilish, baxshichilik haqida maʼlumotga ega boʻlish uchun tashkil etilgan mazkur tadbir esda qolarli bo’ldi. Alohida ta’kidlash mumkinki, Otaxon Matyoqubovdek ustoz san’atkor bilan bir auditoriyada jam bo’lish, shaxsan, undan jonli ijroda dostonlar tinglash ham baxt, ham imkoniyatdir.