Yangiliklar

img
Thu, 05/19/2022 - 18:43

Universitetimizga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida ta’lim oluvchi afg’on talabalari tashrif buyurdi

Joriy yilning 19-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetiga O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida ta’lim oluvchi afg’on talabalari tashrif buyurdi.

Mazkur Markazda tahsil olayotgan 105 nafar 3-kurs talabalari uch guruhga taqsimlangan holda 10 kun muddatda malakaviy ishlarini ilmiy rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirishlari uchun universitetimizda zarur shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, afg’onistonlik talabalar talabalar turar joyi bilan taminlandi.

O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakultetiga biriktirilgan 26 nafar afg’onistonlik talabalar  fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Jamshid Norqo'ziyev rahbarligida universitet bilan tanishishdi.

Talabalarning ustozi Markaz O'zbek tili va adabiyoti katta o'qituvchisi To'rayeva Sayyora Baxtiyorovna ham mazkur jarayonda ishtirok etdi.

Afg’onistonlik talabalar o’z tashriflaridan juda mamnun bo’lishdi.

Markaz o’qituvchisi Sayyora To'rayeva rektorimiz Shuhrat Sirojiddinovga minnatdorchilik bildirdi.

Universitet bilan tanishtiruv jarayonidan so’ng, afg'onistonlik talabalar universitetimiz vakillari boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan Magic city bog’iga borishdi.