Yangiliklar

img
Mon, 06/06/2022 - 17:48

Universitetimizga KOICA tinglovchilari tashrif buyuradi

Avval xabar berganimizdek, universitetimiz va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq,  bir nafar koreys millatiga mansub ko‘ngilli oʻzbek tilini oʻrganish maqsadida universitetimizga tashrif buyurgan edi. 2022-yilning fevral-mart oylarida - 2 oy davomida oʻtilgan darslar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari tomonidan juda yuqori baholangan va kelgusida ham ToshDO‘TAU bilan hamkorlikni davom ettirish taklifi bildirilgan edi.

Shu munosabat bilan, 2022-yilning 6-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Xalqaro aloqalar ofisida universitet Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Nozliya Normurodova va KOICA vakillari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda mazkur tashkilotdan iyun-avgust oylarida tashrif buyuradigan koreys millatiga mansub 5 nafar tinglovchilarga o’zbek tilini o’rgatish hamda ularning ta’lim jarayoni, sertifikat va yakuniy imtihon, turar joy masalalari ko’rib chiqildi. Xorijlik tinglovchilarga ta’lim jarayoni 4 ta til koʻnikmasi: tinglash, oʻqish, yozish va gapirish boʻyicha olib boriladi. Jarayon yakunida ularning oʻzbek tilini oʻrganish malakasi tekshirilib, sertifikatlar topshiriladi.