Yangiliklar

img
Thu, 05/19/2022 - 10:11

Universitetimizga biriktirilgan maktablarda mahorat darslari o'tilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirib kelmoqda.  Shu maqsadda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi  shaharcha va qishloqlarda mavjud taʼlim sifati va bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish boʻyicha ko‘rsatkichi  past boʻlgan maktablarni ToshDO‘TAU nazoratga oldi va ularda taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqildi. 

Maktablarda ta’lim jarayonini yaxshilash maqsadida universitetimiz professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo’yicha mahorat darslari, seminar-treninglar, davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Jumladan,  Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi o’qituvchisi Abdurahmonova Umida Angren shahridagi maktablarning Informatika fani o’qituvchilariga kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha zarur seminar tashkil etdi.

 Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini isbotlamoqda. Jamiyatni axborotlashtirish—inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog'liq jarayon hisoblanadi.

Ushbu seminar mashg‘ulotida o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallashlari lozim bo‘lgan talablar asosida puxta ta'lim berish,  vaqtdan unumli foydalanish,  darslikdan tashqari bajariladigan amaliy mashg‘ulotlar haqida tushunchalar berildi.