Yangiliklar

img
Wed, 06/08/2022 - 15:50

Universitetimizda xorijliklar o'zbek tilini o'rganishmoqda

Avval xabar berganimizdek, ToshDO‘TAU Xalqaro aloqalar ofisida xorijliklar uchun o’zbek tili kurslari tashkil etilgan edi. Hozirga qadar juda ko‘p xorijliklar ushbu kursda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganishdi va bu xayrli ishlar jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tinglovchilarimiz orasida Koreya, Braziliya, Turkiya, Polsha, Nepal singari dunyoning turli davlatlaridan kelgan til o‘rganuvchilar bor.

Joriy yilning iyun oyidan boshlab  4 nafar hindistonlik  oʻzbek tilini oʻrganish maqsadida universitetimizga keldi. Ular o'zbek tilini chuqur va mukammal o’rganib, universitetimizning talabasi bo’lish istagida.  

Tinglovchilarimiz allaqachon o‘zlariga o‘zbekcha ismlar ham tanlab olishgan:  Ulug’bek, Shirin, Sevgi va Nuriya. Tinglovchilarimiz O'zbek milliy qadriyatlari, betakror madaniyati, mazali oshxonasi, milliy liboslari ularni juda hayratga solganini aytishdi. 

Ayniqsa, til o‘rganuvchilar uchun ToshDO‘TAUda yaratilgan sharoitlardan minnatdor ekanliklarini alohida qayd etib o‘tishdi. 


 Ma'lumot uchun, xorijlik til o'rganuvchilar 6 oy mobaynida o'zbek tilini o'rganishadi.