
Universitetimizda Xitoy tili va madaniyati markazi ham ochildi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Xitoy xalq demokratik respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim tashrif buyurdi. Elchi janobi oliyalarini universitet prorektori f.f.d. S.Normamatov, Amaliy filologiya fakultetining dekani f.f.d. S.Muhamedova, dekan o‘rinbosari N.Nuradullayev, Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri B.Elov, xalqaro bo’lim xodimi X.Luqmonovlar kutib olishdi. Elchi janobi oliylari universitetda joylashgan “Xitoy tili va madaniyati” markazi va unga tegishli bo’lgan auditoriyalarning tantanali ochilish marosimida qatnashdi. Marosimda dastlab universitet prorektori S.Normamatov so’zga chiqdi. U o‘z nutqida keyingi yillarda Xitoy va O‘zbekisiton mamlakatlari o’rtasida olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ilmiy aloqalar hamda bu borada universitetda amalga olishirilayotgan ishlar haqida so’zladi va kelgusidagi hamkorlik rejalari ustida to‘xtaldi. Universitet prorektori Elchi xonimga universitet rahbariyati nomidan tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va hurmat ramzi sifatida guldasta sovg’a qildi. So’z Elchi xonimga berildi. Elchi xonim ko’rsatilgan hurmat va e’tibor uchun universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va Xitoy xalq demokratik respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi universitet bilan bog’liq xayrli ishlarning bardavom bo‘lishini ta‘kidladi. Elchi xonim kelgusi rejalarga alohida e’tibor qaratdi, jumladan markazda talabalarning xitoy tilidan chuqur saboq olishlari, xitoy tili va madaniyatini o’rganishlari uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratilishiga tilakdosh ekanini bildirdi hamda 2021-yilning oxirigacha markazga yangi texnik jihozlar berilishini ma’lum qildi. Tashrifda ishtirok etayotgan Amaliy filologiya fakulteti dekani S.Muhamedova va Amaliy filologiya 1-kurs talabasi Diyora Hakimovalar ham Elchi xonimga markazda yaratilgan imkoniyatlar uchun ustozlar va xitoy tilini o’rganuvchi talabalar nomidan minnatdorchilik bildirishdi. Tashrif yakunida ikkala tomon kelgusi loyihalar haqida fikr almashishdi.