
Universitetimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor stipendiyalar uchun topshirilgan hujjatlar ko'rib chiqildi
Bilimli, hammaga o‘rnak bo‘la oladigan inson hamisha e’zozda. Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 3-ilova Nomli davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqilgan.
Joriy yilning 23-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda quyidagi:
• «Prezident stipendiyasining sohibi»;
• «Islom Karimov stipendiyasining sohibi»;
• «Navoiy davlat stipendiyasining sohibi»
nomdor davlat stipendiyalariga talabgorlarning ilmiy-ijodiy ishlari belgilangan mezonlar asosida ko'rib chiqildi.
Jarayonning o'ziga xos tomoni shundaki, bu yilgi baholovchi komissiya a’zolari avvalgi o'quv yillarida Prezident va nomdor stipendiyalarni qo'lga kiritgan talaba-magistrlardan tuzildi. Jarayonni shaffof tarzda o'tishi uchun barcha nomzodlar bevosita hamda Zoom dasturi orqali kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. Komissiya a’zolari tomonidan saralashning birinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
Prezident stipendiantligi uchun nomzodlar:
Geldiyeva Xursanoy (TNA) – 256 ball,
Yusupov Samandar (O‘TA) – 170,5 ball.
Navoiy stipendiantligi uchun nomzodlar:
Berdiyev Azizbek (AFF) – 111;
G’afforova Sevinch (O‘FF) – 108,5;
Qo‘ziboyeva Go‘zal (O‘FF) – 307,5;
Umrzakova Sevara (AFF) – 55;
Saida’zamov Asroriddin (O‘TA) – O‘zlashtirish ko‘rsatkichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6309-son Farmoniga muvofiq emas;
Avazova Charos (O‘FF) - O‘zlashtirish ko‘rsatkichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6309-son Farmoniga muvofiq emas;
Islom Karimov stipendiantligi uchun nomzodlar:
Ro‘ziboyeva Parizoda (O‘FF) – 117 ball;
Beysenova Azoda (AFF) – O‘zlashtirish ko‘rsatkichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6309-son Farmoniga muvofiq emas deb baholandi.
Tanlov 3 bosqichda olib boriladi. 2022-yilniing 25-iyul kuni saralash bosqichining II va III bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.