Yangiliklar

img
Wed, 03/15/2023 - 18:49

Universitetimizda Navro'z sayli

Navroʻz xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biridir. Bu chin maʼnoda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-neʼmatlarga toʻlib toshadi, deyarli har bir oʻzbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi. 
Bayram nafasi yurtimizda kezib yurgan bir paytda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida ham xalqimizning sevimli, qut-baraka ifodasi boʻlmish bu bayram keng nishonlandi. Xalq sayillari ko’rinishida tashkil etilgan bayram shodiyonalarida milliy taomlar, arqon tortish, soch o’rish singari tanlovlar uyushtirildi, laparlar kuylandi. To’kin dasturxon atrofida jam bo’lgan katta-yu kichik qalbida mehnatsevarlik, ertangi kunga ishonch tuyg’ulari jo’sh urdi. 


Azal-azaldan yurtimizda navroʻz bayrami saxovatli, mehr-muruvvatga boy, mehnatsevar xalqimiz orasida oʻzining takrorlanmas anʼanalari bilan ham ajralib turadi. Ayyom arafasida keksalar holidan xabar olinadi, yaqinlarga hadyalar beriladi. Ushbu an’anaga sodiq qolgan holda universitetda ham iqtidorli, shijoatli va bilimli talabalardan bir guruhi mukofotlandi.