Yangiliklar

img
Wed, 06/01/2022 - 11:59

Universitetimizda mustaqil izlanuvchilar uchun suhbat bo‘lib o‘tdi 

Joriy yilning 1-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mustaqil izlanuvchilar uchun suhbat bo‘lib o‘tdi. 


Mazkur suhbat quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
1. 10.00.01 – O‘zbek tili;
2. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti; 
3.10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik; 
4. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;  
5. 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti).


Dastlab, ishtirokchilar savollarni tanlab olishdi. Savollarga avval yozma, keyin belgilangan muddatda og'zaki tarzda javob berishdi.


Mazkur suhbat universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya a’zolari: S.Ashirboyev, L.Raupova, N.Jabborov, U.Jo‘raqulov, H. Dadaboyev, S.Muhamedova, M. Abdullayeva, R.Niyozmetova, B.Xoliqov va Z.Teshaboyeva kabi yetuk olimlar tomonidan o'tkazildi.