Yangiliklar

img
Sat, 04/09/2022 - 14:35

Universitetimizda kitobxonlik targʻiboti davom etmoqda

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan alohida e'tibor berilib, ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov universitet Axborot - resurs markazi fondini yanada boyitish maqsadida koʻplab kitoblarni universitet kutubxonasiga taqdim etdi. Jumladan, rektorimiz tomonidan "Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin", "Gar ortuq soʻz dedim", "Oʻzbek tilidagi paremiyalar lugʻati" kabi talabalarimiz uchun juda kerakli ilmiy va badiiy asarlar topshirildi. Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois, azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilm-u odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Aziz talabalar, Sizlar ham kitobxonlikni targʻib qilishda faol boʻling! Zero, kitob eng yaxshi doʻstdir!