Yangiliklar

img
Thu, 06/02/2022 - 16:37

Universitetimizda hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 2-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetiga Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti xalqaro hamkorlik va siyosat oliy maktabi dekani, professor S.A.Kolobova, NDLU hayotiy ta’lim instituti direktori Y.V.Chicherina, O'zbekistondagi Moskva migratsiya markazi rahbari R.M.Xaitov tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan universitetimiz  xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori N.Z.Normurodova uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti va universitetimiz o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishi yo'lida amalga oshiriladigan ishlar, yangi loyihalar, akademik almashinuv doirasida ta'limiy yondashuv masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, tez orada istiqbolli o‘quv rejalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida akademik almashinuv amalga oshirilishi rejalashtirildi.