Yangiliklar

img
Thu, 10/05/2023 - 19:38

Universitetimiz yirik ta’lim koʻrgazmasiga mezbonlik qiladi

Universitetimizda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adriaen xonim ishtirokida “Yevropa Ittifoqi ta’lim koʻrgazmasi-2023” oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Bu tadbir O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqining eng yaxshi ta’lim yo‘nalishlarini namoyish etuvchi bo‘lajak nufuzli ta’lim yarmarkasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanidir.
Matbuot anjumanida OAV vakillari savollariga Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi  Sharlotta Adrian xonim, Erasmus+ milliy vakolatxonasi (NEO) Oʻzbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi  Aziza Abdurahmonova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻiDilshod Moʻydinovlar javob berishdi.
Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi va Milliy Erasmus+ idorasi tomonidan tashkil etilgan 2-Yevropa Ittifoqi taʼlim koʻrgazmasida Yevropa Ittifoqining yetakchi universitetlari va xalqaro akademik agentliklari namoyish etiladi. Universitetlar Toshkent, Samarqand va Namanganda bo‘lajak talabalar bilan uchrashadi. Yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mahalliy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.


9-oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha universitetimizning anjumanlar zalida bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqi ta'lim yarmarkasiga keling va vakillar bilan suhbatlashing.