Yangiliklar

img
Thu, 06/09/2022 - 17:00

Universitetimiz yana bir xalqaro reytingda qatnashmoqda

"UI Greenmetric World University Rankings"  xalqaro reytingi dunyo universitetlari uchun o'z platformasini ochdi va endilikda barcha universitetlar barqaror rivojlanish maqsadlarining atrof muhitni himoya qilish va yashil zonalarni kengaytirish bo'yicha ma'lumotlarni rasmiy platformaga yuklashni boshlamoqda. Ushbu reyting ma'lumotlarini yuklash jarayoni 18-maydan 31-oktyabrgacha davom etadi va yakuniy natija dekabr oyida e'lon qilinadi. Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti ham bu yil ilk marotaba ushbu reytingda qatnashmoqda va ushbu reytingning maqsadi butun dunyo universitetlarida Yashil kampus va Barqarorlik bilan bog'liq mavjud holat va siyosat bo'yicha onlayn so'rov natijalarini taqdim etishdir. Universitet rahbarlari va manfaatdor tomonlarning e'tiborini global iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, energiya va suvni tejash, chiqindilarni qayta ishlash va yashil transportga ko'proq e'tibor qaratish kutilmoqda.