Yangiliklar

img
Thu, 04/28/2022 - 00:28

Universitetimiz xalqaro loyiha qatnashсhisi

Ma’lum qilganimizdek, universitetimizning Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova xizmat safari bilan Gruziyaga jo‘nab ketgan. 2022-yilning 27-aprel kuni  Xalqaro Qoradengiz universiteti  va ToshDO‘TAU o’rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolandi. 

Xalqaro Qoradengiz universiteti Gruziyadagi yuqori salohiyatga ega xususiy universitet hisoblanadi. Mazkur universitetda siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, etnografiya, tarix kabi ko’plab yo’nalishlar mavjud bo’lib,  xalqaro reytinglarda ham o’zining munosib o’rniga ega. Kelajakda ushbu ta'lim muassasi bilan ilmiy, o‘quv-uslubiy, madaniy-ma'rifiy sohalarda hamkorlik qilish belgilab olindi. Xususan, hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturlari ochish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borish belgilandi.  

.   Ayni paytda esa Xalqaro Qoradengiz  universitetida yirik amaliy loyiha ustida bir nechta davlatlardan tashrif buyurgan olimlar ish olib borishmoqda. Ushbu loyiha "Erasmus+"ning ilm-fanga doir keng masshtabli dasturi  bo‘lishi kutilyapti.  Loyihada jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan Fransiya, Germaniya, O’zbekiston, Xorvatiya singari davlatlardan tarixshunos, etnograf, arxeolog olimlaridan iborat jamoa ishtirok etadi. Bugun ushbu dastur doirasida taniqli va dunyoga mashhur olimlarning ma’ruzalari tinglandi.  Jumladan, Fransiyaning Sorbonna universiteti professori G.Traina,  Germaniyaning Maks Plank nomidagi  ilmiy-tadqiqot instituti professori J.Ualton, Xalqaro Qoradengiz universiteti Fanlararo tadqiqot markazi professori E.Avalini o’zlarining qimmatli ma’lumotlarini loyiha ishtirokchilariga taqdim etdilar.