Yangiliklar

img
Mon, 05/30/2022 - 16:18

Universitetimiz xalqaro hamkorligi kengaymoqda

2022-yilning 30-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, universitet Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Nozliya Normurodova va Ahmad Yassaviy nomidagi turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti mudiri Bulant Bayramning hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

 Uchrashuvda universitetlar o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish va uni rivojlantirish bo’yicha qator masalalar ko’rib chiqildi.  

  Shuningdek, ikki tomon tashabbusi bilan kelgusi yilda xalqaro simpozium o’tkazish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur xalqaro simpozium ikki davlat universitetlarida ham o’tkazilishi rejalashtirildi.

Universitetlararo  akademik almashinuvni yo’lga qo’yish masalasida ham aniq rejalar tuzildi. Bundan tashqari, o’zaro hamkorlik aloqalari doirasida yangi loyihalar tashkillashtirilishi kutilmoqda.