Yangiliklar

img
Sat, 11/12/2022 - 12:07

Universitetimiz vakillari Qarag'anda universitetida

2022-2023-o‘quv yili boshida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU bilan Akademik Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.
Ushbu shartnomaga muvofiq  2022-yil 11-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Akademik Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetiga jo'nab ketdilar. 
Tashrif  avvalida universitet professor-o‘qituvchilari Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti rektori, huquqshunoslik fanlari doktori, professor Nurlan Dulatbekov   qabulida bo‘lib universitetlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbol rejalarini muhokama qilishdi. Kelgusida akademik mobillik, o‘zaro tajriba almashinuvi, hamkorlikda xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazish bo‘yicha qilinadigan ishlar kelishib olindi.


 Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Ilhom Aslonov universitetimiz rahbariyati nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.  


Universitetimiz professor-o‘qituvchilari Ilhom Aslonov, Vaxob Sattorov,  Damegul Arapbayeva, Sulaymon Xaydarov, Gulnoza Jobborova va Farxod Karimovlar tomonidan o‘tkazilgan  ilmiy amaliy seminarlar va mahorat mashg'ulotlari qozog‘istonlik hamkorlarimiz va talabalar tomonidan  iliq kutib olinib, yuqori darajada e’tirof etildi.