Yangiliklar

img
Wed, 09/28/2022 - 11:42

Universitetimiz vakillari nufuzli forum ishtirokchisi

Ozarbayjonning nufuzli G‘arbiy Kaspiy universitetida xalqaro THE (Times higher education)  reyting tashkilotining "Barqarorlik uchun hamkorlik" (THE University Impact Forum) forumi o‘tkazilmoqda.  Forum jahonning ko‘plab oliy ta'lim muassasalari vakillarini bir maskanga jam qilgan holda,  xalqaro reytingning eng muhim tarkibiy qismi — ta'lim sifati indikatori bo‘yicha takomillashtirilgan dasturni taqdim etadi.  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti joriy yilda THE reytingi bo‘yicha jahonning Top-1000+ universitetlar ro‘yxatidan joy olgan.  Natijalarni tobora yaxahilab borish,  xalqaro tajribani o‘rganish va yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish uchun bu reyting tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan rasmiy tadbirlarda ishtirok etish va tajriba oshirib borish zarur. 

Barqaror kelajakka yo‘l ochishda sifatli ta’lim muhimligini hisobga olgan holda, forum SDG 4 bo‘yicha universitet faoliyatiga e’tibor qaratgan "THE Impact Rankings" metodologiyasini o‘rganuvchi eksklyuziv ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Eng mashhur olim va ta'lim ekspertlarining ma'ruza va mahorat darslari universitet faoliyatini tashkil etishda nimalarga e'tibor qaratishni o‘rgatadi.  


Bu forumda ToshDO‘TAUdan universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova va Xalqaro reyting bo‘limi boshlig‘i Zuhra Hakimovalar ishtirok etishmoqda. 

Forum davomida universitetlar qanday qilib o'zlari taklif qilayotgan ta'limning barcha jabhalarida adolatni o'rnatishlari mumkin,  qanday qilib universitetlar o'z bitiruvchilarini iqtisodiy va barqaror farovonlikka hissa qo'shadigan ishga joylashish imkoniyatlariga tayyorlab, o'zgarishlar markazida bo'lishi mumkin, atrof-muhitga tahdidlarni bartaraf etishda sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish qanday rol o'ynaydi singari muhim masalalar bo‘yicha yechimlarni taklif etadi.