Yangiliklar

img
Thu, 05/05/2022 - 13:46

Universitetimiz vakili Volgograd davlat universitetida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi Jumanova Zulxumor Ortiqovna Rossiya davlatining Volgagrad universitetiga tashrif buyurdi.

Zulxumor Jumanova Volgagrad davlat universitetida o’tkazilgan xalqaro “Berega” festivalida ekspert va hakam sifatida ishtirok etdi.

Mazkur festival rus tilini o’rganuvchi xorijlik talabalar o’qitilishining 60 yilligiga bag’ishlandi. Festivalda ilmiy-amaliy tadqiqotlarga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi, talabalardan so’rovnomalar olindi. “Berega” festivali doirasida tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan sayohat tashkil etildi.

Bundan tashqari, xorijlik talabalarga rus tilini o’rgatish bo’yicha tajribali olimlar tomonidan mahorat darslari o’tildi.

Ushbu xalqaro festival 50 dan ortiq davlat yoshlarining chiqishlari bilan esda qolarli bo’ldi. Festivalda rus tili va madaniyati bo’yicha bilimlarini namoyish qilgan yoshlar va Volgograd davlat universiteti o’rtasida madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko’rib chiqildi.