Yangiliklar

img
Tue, 12/05/2023 - 17:06

Universitetimiz vakili HERE jamoasi tarkibida

2023-yilning 4-5 dekabr kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha ekspertlar milliy jamoasining (HERE) navbatdagi konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada O'zbekiston nomidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova ham ishtirok etdi.  Konferensiyaning asosiy maqsadi  oliy taʼlim sohasidagi islohotlarni ragʻbatlantirish va taraqqiyotni ta'minlash uchun sifatni oshirish,  islohotlarning uch bosqichli tizimini taqdim etishdan iborat. 
Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlarni qoʻllab-quvvatlash (SPHERE) Yevropa Komissiyasi nomidan OBREAL tashkiloti va Yevropa Universitetlar Assotsiatsiyasi (EUA) tomonidan ilgari surilgan tashabbusdir. Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlar -  Yevropa qoʻshni mamlakatlaridagi (Janubiy Oʻrta Yer dengizi, G'arbiy Bolqon, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo) universitetlar, vazirliklar, milliy oliy taʼlim agentliklari, talabalar uyushmalari va boshqa tegishli tashkilotlarning mutaxassislaridan iborat.  Konferensiyaning barcha trening mavzulari  dunyo mamlakatlarining ta'limga doir ehtiyojlarini chuqur baholashga asoslangan.
Ushbu konferensiyadagi ishtirok ishtirokchilarga o'z mamlakatlarining oliy tizimida ijobiy tashabbuslarni ilgari surishlariga ilhomlantiradi.