Yangiliklar

img
Thu, 04/28/2022 - 09:40

Universitetimiz top 1000+ universitetlar ro'yxatiga kiritildi

#xushxabar

Times Higher Education (THE) Xalqaro reyting agentligi tomonidan e'lon qilingan "THE Impact Rankings 2022" reytingi javoblari bo'yicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti top 1000+ universitetlar ro'yxatiga kiritildi. Unga ko'ra, ToshDO'TAU 17 yo’nalishdagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) orasidan sakkiztasida ishtirok etdi. Universitetimiz "Sifatli ta'lim ta'minlash (SDG4)" bo'yicha saralangan 1000 dan ziyod dunyo universitetlari orasidan faxrli 600-o'rinni egalladi, "Barqaror taraqqiyot uchun tinch va inklyuziv jamiyatlarni targ'ib qilish (SDG16)"  hamda "Gender tengliga erishish (SDG 5)" bo'yicha yuqori  ko'rsatgichga ega bo'ldi.

Bu shuni anglatadiki, jahonning  900 dan ortiq  universitetlari o'rtasida ToshDO‘TAU  300-o'rinni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, universitetimiz "Tengsizlikka barham berish maqsadlari" bo'yicha (SDG10) 52 va "Qashshoqlikka qarshi kurashish" bo'yicha (SDG1) 45 ko'rsatgich bilan, 800 ga yaqin dunyo universitetlari ichidan 400-o'rinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Bu natija ahil va katta jamoamizning mashaqqatli mehnatlari natijasidir.  Xalqaro reytinglarga kirishning o‘zi katta natijadir.  Chunki reyting agentliklariga yo‘llangan tashabbuslarga hamisha ham ijobiy javob kelavermaydi.  Ammo xalqaro maydonlarda  universitetimizning qisqa vaqt ichida ko‘rsatayotgan jonbozligi tahsinga loyiq. 

Ushbu yutuq ToshDO‘TAU rahbariyati,  ustozlari va talabalarining  - barchamizning yutug‘imizdir. 

Muborak bo‘lsin!