Yangiliklar

img
Mon, 05/16/2022 - 17:39

Universitetimiz teatr jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Oliy taʼlim muassasalarida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy saralash bosqichida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti teatr jamoasi ham ishtirok etdi.

Universitetimizning “Yogʻdu” talabalar teatr jamoasi  8 ta jamoa ichidan “Dadajon demasman” spektakli namoyishi bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Mazkur g’oliblikda “Yog’du” talabalar teatr jamoasi rahbari Mahmud Shodimetovning xizmatlari beqiyos.

“Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining keyingi bosqichi shu yilning 10-iyun kuni Farg’ona viloyatida bo’lib o’tadi. Talabalarimizni tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham ularga muvaffaqiyat  tilab qolamiz!