Yangiliklar

img
Sat, 05/21/2022 - 21:08

Universitetimiz talabalari "Mirzo Ulug'bek vorislari" ko'rik-tanlovi g'olibi!

Barchamizga ma'lumki, 2022-yilning 19-20-21-may kunlari Inno Texnoparkida "Mirzo Ulug'bek vorislari" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Respublikadan eng kuchli 280 nafar loyihalar finalgacha yetib keldi. Tanlovning Respublika bosqichida finalchilar g'oya va loyihalarini taqdimot qilishdi. Unga ko'ra, eng kuchli 100 nafar loyiha egalari g'olib deb topildi. Taqdirlash marosimida  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokchilarni qutlab, so'zga chiqdilar. Mazkur tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Ozodaxon O'ktamova,

O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Islom Oqnazarov

hamda O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti talabasi Abdusharipova Mahliyolar

ishtirok etishdi va g'oliblikni qo’lga kiritishdi. Talabalarimiz BHM'ning 20 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Barakalla, Islom Oqnazarov! Yashang, Ozodaxon! Yashang, Mahliyoxon! Iqtidorli talabalarimizning kelgusi ilmiy faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!