Yangiliklar

img
Wed, 05/18/2022 - 17:15

Universitetimiz rektori bilan xalqaro hamkorlik uchrashuvi

Barchamizga ma’lumki, universitetimiz Turkiyaning ko’pgina ta'lim muassasalari, ilm dargohlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Ana shunday hamkorlarimizdan biri Turkiyaning dunyoga mashhur Yunus Emro institutidir. Joriy yilning 18-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, universitetimiz Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Nozliya Normurodova Turkiyaning Yunus Emro instituti Turkologiya bo’limi mudiri Yavuz Kartallioglu bilan uchrashdilar.

Mazkur uchrashuvda Yunus Emro instituti va universitetimizning kelgusidagi hamkorlik rejalari, akademik almashinuvni yo’lga qo’yish va kengaytirish, amaliy loyihalar samaradorligini oshirish masalalari ko’rib chiqildi.

Professor Yavuz Kartallioglu universitetimizga, xususan, rektorimiz Shuhrat Sirojiddinovga ilmiy-madaniy sohadagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq universitetimizda bepul turk tili kurslari tashkil etilgan. 2022-yilning 15-18-may kunlari universitetimizda Yunus Emro instituti Turkologiya bo’limi mudiri Yavuz Kartallioglu boshchiligidagi 10 kishilik professorlar jamoasi turk tili o'rganuvchilarining til bilish darajasini aniqlovchi imtihon o'tkazishdi. Imtihonlar turk tilini bilishning A1dan C1gacha barcha darajalarini qamrab olgan sinovlar asosida tashkil etildi.Universitetimiz va Turkiya universitetlari o'rtasida yangi loyihalar amalga oshirilishi hamkor tomonlar ilmiy salohiyatini oshirish, tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etadi.