Yangiliklar

img
Fri, 01/14/2022 - 15:53

Universitetimiz professori koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun 14-yanvar  - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrugʻi asosida   Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Hamidulla Dadaboyev OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING “MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISHLAR AʼLOCHISI” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Koʻkrak nishonini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri maslahatchisi Ahror Abdurahmanov topshirdi. 
Universitet jamoasi ustozni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.