Yangiliklar

img
Fri, 06/10/2022 - 22:35

Universitetimiz professori Andijonga tashrif buyurdi

Joriy yilning 8-iyun kuni Andijon davlat universitetida marhum yozuvchi Azamxon Qozixo’ja xotirasiga bag'ishlangan xotira kechasi o'tkazildi.

Tadbirda universitetimiz professori Uzoq Jo’raqulov ishtirok etdi. Uchrashuvdan marhum yozuvchining “Gar ortiq so’z dedim” deb nom olgan kitobining taqdimoti ham o'rin oldi. Taqdimot davomida universitetda birga ta’lim olgan kasbdoshi, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo’raqulov so'zga chiqib, kitobning naqadar nafis so’zlar bilan boyitilganligi, badiiy estetik didga hamda yorqin ma’naviy ozuqaga boy ekanligi haqida to'lqinlanib gapirdi. Professor Uzoq Jo'raqulov talabalarni ham bu kitob bilan yaqindan tanishishga chaqirdi. 

Yozuvchining oila a’zolari, do’stlari va bir maktabda ta’lim olgan sinfdoshlari ustozning ilmga bag’ishlangan hayoti to’grisida gapirib berishdi. Yozuvchi Azamxon Qozixo’janing oila a’zolari ustoz bilan o’tkazgan qiziqarli xotiralarini tabassum bilan yodga olishdi.

Ustoz yaxshi suhbatdosh, to’g’riso’z, ziyrak, kitobga bo’lgan muhabbati bo'lakcha inson edi. Shu kabi fazilatlar sohibi bo'lgan ustoz Azamxon hozirgi kunda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo’sha oluvchi ko’plab shogirdlarni yetishib chiqishiga sababchi bo'lgan. O'tkazilgan ijodiy kecha professor-ustozlar va barcha talabalar uchun yodda qolarli hamda qiziqarli bo'ldi. Zero, inson - aziz, xotira - muqaddas.