Yangiliklar

img
Mon, 10/27/2025 - 20:45

Universitetimiz olimining tadqiqoti nufuzli xalqaro jurnalda e’lon qilindi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi mudiri, dotsent Botir Elovning ilmiy maqolasi nufuzli Scopus bazasida indekslangan, Q1 kvartilli xalqaro jurnal — BMC Infectious Diseases (Springer Nature nashriyoti) sahifalarida chop etildi.

“ Sepsis tashxisini inqilobiy tarzda o‘zgartirish: mashina va chuqur o‘rganish modellari asosida tizimli tahlil (Revolutionizing sepsis diagnosis using machine learning and deep learning models: a systematic literature review)” mavzusidagi maqola dolzarb ilmiy muammoga bagʻishlangan: 

Maqolani to‘liq o‘qish

Mazkur ilmiy tadqiqot zamonaviy sun’iy intellekt va chuqur o‘rganish (deep learning) texnologiyalarining tibbiyot sohasida qo‘llanilish imkoniyatlarini tahlil etadi. Tadqiqot natijalari multidisiplinar yondashuvni kuchaytirish, sun’iy intellekt yordamida diagnostika jarayonlarini optimallashtirish yo‘lida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Ushbu yutuq — universitetimiz olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faolligi va ilmiy salohiyatining yuksak namunasidir.