Yangiliklar

img
Wed, 03/13/2024 - 13:19

Universitetimiz olimidan mahorat darsi

Sog‘lom turmush tarzida insonning psixologik salomatligi muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa bugungi kunda bilimli va tajribali psixologlarga bo‘lgan ehtiyoj borgan sari ortib bormoqda. 
2024-yil 13-mart kuni BMT tomonidan 2015-yilda qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Aslonov O‘zbekiston jamoat xavfsizligi universiteti talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Mahorat darsi psixologiya sohasidagi eng yangi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 2002-yilda psixologiya fanlari bo‘yicha xalqaro Nobel mukofoti sovrindori psixolog-iqtisodchi Daniel Kanemanning “Shoshilmay o‘ylang, tez qaror qiling” kitobining tahliliga bag‘ishlandi.
Qaror qabul qilishda kognitiv xatolar bizning hayotimizga shunchalik singib ketganki, ba’zida inson butun hayoti davomida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilganini tushunadi. Qaror qabul qilishda tizimli xatolar keng tarqalgan bo‘lib, bizning fikrlash tabiatimizga xosdir. Kitob bizning e’tiborimizni ularga qaratadi va xatosiz qarorlar qabul qilish sifatini oshirishga yordam beradi.
Ishtirokchilarning fikricha, muhokama jarayoni juda qiziqarli va samarali o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.